

Shartnomaga ko'ra, “neradzurrilar“ argentinalik futbolchi uchun yiliga 6,5 mln. evro to'lamoqchi. Biroq, Ikardi va uning agenti (ayoli) Vanda Nara bu mablag'dan norozi. Ular klubdan 7,5 mln evro so'ramoqda, deya xabar beradi Corriere dello Sport.
Avvalroq, “Inter” Mauro Ikardini sardorlik bog'ichidan mahrum qilib, uni Samir Xandanovichga topshirgandi. Ikardi Yevropa ligasi 1/16 finali doirasidagi “Rapid”ga qarshi o'yinning qaydnomasiga o'am kiritilmagan. Shuningdek, uning A seriya 24 turida “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushishi ham so'roq ostida bo'lib turibdi.
Qayd etish joizki, 26 yoshli hujumchiga “Real”, “Chelsi” va Yevropaning boshqa grand jamoalaridan qiziqish bo'lmoqda.



