"Inter" Ikardi shartnomasidagi bir bandni o'chirib tashlamoqchi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2018, 16:57
"Inter" rahbariyati jamoa hujumchisi Mauro Ikardi bilan shartnomadan 2018 yilning yozida kuchga kiruvchi 90 mln. evrolik tovon puli bandini o'chirib tashlamoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" ushbu bandni olib tashlab, futbolchining yillik maoshini 4,7 mln. evrodan 6,5 mln. evroga ko'tarmoqchi. Ikardi vakillari tovon pulini 150-200 mln. evroga oshirishni, forvardning maoshini 7 mln. evroga etkazishni xohlamoqda. Agar klub taklif qilingan tovon pulini voz kechishsa, argentinalik tomonidagilar 8 mln. evrolik maoshni istashadi.

Ikardi "Inter" sardori hisoblanadi. Joriy mavsum 24 yoshli hujumchi A Seriyada 22ta uchrashuv o'tkazib, 18ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia