"Inter" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
19 sen 2021, 12:35
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar katta ehtimol bilan klubdagi shartnomasini uzaytiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "neradzurri" yaqin vaqtlar ichida 26 yoshli slovakiyalik bilan bu boradagi muzokaralarni boshlaydi. Himoyachi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Futbolchining o'zi ham jamoada qolishga qarshi emas.

Shkrinyar 2017 yildan buyon "Inter" tarkibida o'ynamoqda. U ushbu mavsumda 5 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira