"Inter" Gosensni "Atalanta"dan xarid qildi

Alisher
13 apr 2022, 14:03
"Atalanta" "Inter" Robin Gosens bilan doimiy asosda shartnoma imzolash bandini faollashtirganini e'lon qildi.

27 yoshli nemis himoyachisi yanvardagi transfer oynasida shartli xarid qilish majburiyati bilan ijara asosida "neradzurri" safiga o'tgandi.

"Atalanta"ning e'lon qilishicha, Gosens "Inter"ga umumiy 25 million evro evaziga sotilgan.

Gosens "Inter" tarkibida "Atalanta"dan o'tganidan so'ng jami atigi 6ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atalanta.it