Inter futbolchisi faoliyatini Real Madridda davom ettirishi mumkin

Khoja
21 apr 2024, 09:51
Real klubi yozgi transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Tuttosport xabariga ko'ra, Madrid klubi Interning 25 yoshli markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqish bildirmoqda. Klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rahbariyatdan Bastonini sotib olishni so'ragan. 

Qayd etilishicha, Inter Bastoni uchun 80 million evro so'raydi.

Ma'lumot uchun, italiyalik himoyachi joriy mavsum 33 o'yinda gol va 3ta assist qayd etgan. Bastonining milanliklar bilan amaldagi kelishuvi 2028 yilga qadar imzolangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com