“Inter” Yevropa Ligasi/UEFA Kubogi finaliga 5-marta chiqdi. Milanliklardan oldinda faqat bir klub bor

18 avg 2020, 08:47
“Inter” Yevropa Ligasi yarim finalida “Shaxtyor”ni 5:0 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.

“Inter” Yevropa Ligasi/UEFA Kubogi finaliga jami 5-marta chiqmoqda. Klub ilk bor Yevropa Ligasi finaliga chiqqan bo'lsa, avvalroq musobaqa UEFA Kubogi deb nomlangan vaqtda bu ishni 4 marta: 1991, 1994, 1997 va 1998 yillarda amalga oshirgandi. Bu boradagi eng yaxshi natija esa “Sevilya”ga tegishli. Andalusiyalikar 6 marta finalga chiqqan.

Endi ikkala klub finalda o'zaro musobaqa g'olibligi uchun kurashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA