"Inter" Dibalaga taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2022, 19:41
Milan klubi "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala bilan shartnoma tuzmoqchi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "neradzurrilar" 28 yoshli argentinalikka 7,5 million evrolik yillik maosh bilan 5  yillik kelishuv taklif qilishga tayyor.

Aytishlaricha, "Yuventus" ham futbolchiga yangi shartnoma tayyorlamoqda – 3 yillik kelishuv, 7 million evrolik maosh.

Dibalaning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so'ngida tugaydi. U ushbu mavsumda 27 o'yinda 12 ta gol urib, 6 ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport