"Inter" D′Ambrozio bilan kelishib oldi

20 may 2020, 01:50
"Inter" himoyachisi Danilo D′Ambrozio klub bilan hamkorlikni davom ettirishga rozi bo'ldi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Inter" 31 yoshli futbolchi bilan bitimni 2022 yilning iyuniga qadar uzaytiradi. Tomonlar orasidagi amaldagi shartnoma keyingi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Ma'lumot uchun, D′Ambrozio "Inter" safiga 2014 yilda "Torino"dan kelib qo'shilgandi (3,8 mln evro evaziga). O'shandan beri "neradzurri"lar uchun 195 o'yin o'tkazgan futbolchi 13ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia