"Inter" Bundesligadan so'ng Premer-liga chempionini taslim etdi (foto+video)

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2017, 18:52
Milanning "Inter" klubi Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasida "Chelsi"ni mag'lub etdi.

Xalqaro Chempionlar Kubogining avvalgi ikki uchrashuvida ("Lion", "Bavariya") g'olib bo'lgan "Inter" "Chelsi"ni ham taslim eta oldi.

O'yindagi barcha gollarga "Inter" futbolchilari mualliflik qilishdi. Yovetich va Perishich "Chelsi" darvozasini ishg'ol qildi.





Kondogbia esa o'z darvozasini ishg'ol qildi. Futbolchi deyarli maydon markazidan o'z darvozasiga gol urdi.

TAS-IX emas


Ko'chirish: TELEGRAM 


"Chelsi" – "Inter" 1:2

 Stadium of Singapore

Gollar: 0:1 – 45 Yovetich, 0:2 – 53 Perishich, 1:2 – 74, avtogol Kondogbia.

"Chelsi": Kurtua, Alonso (Ryudiger, 53), Aspilikueta (Tomori, 89), David Luiz, Mozes (Kuevas, 89), Fabregas (Pashalich, 89), Kante (Skott, 89), Villian (Musonda, 65), Keyxill (Klark-Solter, 89), Batshuayi (Remi, 89), Morata (Boga, 65).

"Inter": Padelli, Miranda (Murilo, 71), D`Ambrozio (Ranokkiya, 90), Nagatomo (Ansaldi, 71), Shkrinyar, Valero (Valietti, 77), Brozovich (Eder, 71), Kandreva (Kondogbia, 58), Perishich (Gabriel, 71), Galyardini, Yovetich (Joau Mariu, 58).







Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia