"Inter" bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar ma'lum

Alisher
3 avg 2020, 10:20
"Inter" bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogar "Yuventus" sobiq ustozi Massimiliano Allegri bo'lib turibdi.

52 yoshli murabbiy Antonio Konte jamoadan ketgan taqdirda milanliklar bosh murabbiyiga aylanadi.

Qayd etish kerakki, A Seriyaning so'nggi turidagi "Atalanta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Kontega bo'lgan bosim pasaydi va "Inter" ikkinchi o'rinni egalladi.

O'yindan so'ng "Inter" ustozi rahbariyatni o'yinchilarini himoya qilmaslikda aybladi va bu esa klub bosh direktori Juzeppe Marottaga yoqmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport