"Inter" "Barselona" bilan muzokaralarni boshladi

Mirjalol Normatov
31 mar 2019, 11:26
"Inter" "Barselona" yarim himoyachilari Ivan Rakitich hamda Arturo Vidalning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, "neradzurri"lar xorvatiyalik va chililik borasida Kataloniya klubiga murojaat bilan chiqqan. "Barselona" Rakitichni 50, Vidalni esa 25 million evroga baholamoqda.

Bu mavsumda Rakitich jamoa tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 9 bora assistentlik qildi. Vidal esa 39 uchrashuv 2 gol kiritdi va 4 bora gollarga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport