“Inter” APL klubi futbolchisini sotib olishga harakat qiladi

20 iyun 2019, 08:46
“Fulxem” himoyachisi Rayan Sessenon faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Sessenonga ayni damda “Inter” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hatto “neradzurrilar” sport direktori Pero Auzilio futbolchining o'yinini Angliya yoshlar terma jamoasi bahsiga tashrif buyurib kuzatgan. 

Rayanning “Fulxem” bilan shartnomasi kelasi mavsum so'ngida yakuniga etadi. Himoyachiga APLning o'zidan “Manchester Yunayted” hamda “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirgan.

O'tgan mavsum futbolchi APLda 2 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports