“Inter” A Ceriyada yana bir ko'rsatkich bo'yicha peshqadamlik qilmoqda

“Inter” A Ceriya 37-turi doirasida “Napoli”dan 2:0 hisobida ustun keldi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida “Inter” a'zosi Danilo D’Ambrozio hisobni ochdi. Bu milanliklarning o'yindagi darvozaga yo'llagan ilk zarbasi edi. U esa gol bilan yakunlandi. “Inter” A Ceriya joriy mavsumida 7 ta o'yinda ilk zarba orqali hisobni ochishga erishdi. Bu esa joriy mavsumda A Ceriyadagi eng yaxshi natija bo'lib turibdi.


Manba: Opta