Insine yubiley golini urib, Maradonaga yaqinlashib oldi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2021, 00:44
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine "Yuventus" bilan Italiya chempionatining 22-tur uchrashuvida neapolliklar klubi tarkibidagi o'zining yubiley 100-golini urdi.

Shunday qilib, 29 yoshli forvard kamida 100 ta gol urishga erishgan "Napoli" tarixidagi ettinchi futbolchi bo'ldi.

Faqatgina Antonio Voyak (103), Edinson Kavani (104), Attila Sallustro (108), Diego Maradona (115), Marek Gamshik (121) va Dris Mertens (130) undan ko'p gol urishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sscnapoli.it