Insine Iguain bilan bo'ladigan raqobatdan qo'rqmaydi

Tolibjon Qosimov
12 sen 2013, 13:30
“Napoli” klubi va Italiya terma jamoasining 22-yoshli hujumchisi Lorenco Insine yoz mavsumida klubini o'zgartirishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Football Italia.

Xabarlarga qaraganda, birdaniga bir nechta klub futbolchiga taklif bilan chiqqan, biroq u barcha takliflarni rad etgan. “Napoli” Gansalo Iguainni sotib olganligiga qaramay, Insine asosiy tarkibdan o'rin olish uchun kurashishni xoxlamoqda. Ushbu mavsum Italiya chempionatida hujumchi 2 ta o'yinga maydonga tushgan va 2 ta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru