Insine "Feyenoord"ga qarshi bahsda "Napoli"ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2017, 20:44
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine "Feyenoord"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turini o'tkazib yuboradi.

Uchrashuv 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Lorenco Insine "Yuventus"ga qarshi Italiya chempionatining 15-tur bahsida (0:1) jarohat olgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Napoli" mashg'ulotini o'tkazib yubordi va 6 dekabr kuni maydonga tushmaydi.

Hujumchi A Seriyaning 16-tur uchrashuvida ishtirok etishi kutilmoqda. 10 dekabr kuni "Napoli" "Fiorentina"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset