Insine A Seriyaning boshqa klubi bilan muzokaralar o'tkazdi

Alisher
9 apr 2021, 10:16
"Milan" vakillari "Napoli" vingeri Lorenco Insinening vakillari bilan muzokaralar o'tkazishdi.

Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. Futbolchining neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Tomonlar hali shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishishmadi. Jamoa sardorini yangi shartnomadagi moliyaviy shartlar qoniqtirmayapti.

29 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio