Inglizlar 1966 yilgi ajdodlarining natijasini takrorladi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2021
Angliya JCH-2022 saralashida Andorrani 4:0 hisobida mag'lub etdi.

Garet Sautgeyt jamoasi 2021 yilda 14 ta o'yin o'tkazdi va ularning 11 tasida o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormadi.

Shu tariqa jamoa 1966 yildagi Angliya termasining rekordini takrorladi.

Angliya keyingi uchrashuvini Polshaga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 8 sentyabr sanasiga belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports