Infantino yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCH har yili o'tkazilmasligini bildirdi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2019, 23:57
FIFA rahbari Janni Infantino bugun Mayamida bo'lib o'tgan yig'ilishda klublar o'rtasidagi jahon chempionatining har to'rt yilda o'tkazilishini ma'lum qildi.

“Bugun biz yig'ilishda juda ko'p muhim qarorlarni tasdiqladik. Biroq, klublar o'rtasidagi mundialning formatini o'zgartirish eng asosiysi bo'ldi. 2021 yildan boshlab mazkur musobaqa yangi formatda, 24ta jamoa bilan har 4 yilda o'tkazilishini xursandchilik bilan ma'lum qilaman. Biz terma jamoalar o'rtasidagi Konfederatsiyalar Kubogi uchun mo'ljallangan sanalarni ajratib oldik va mazkur musobaqaning o'rniga, klublar o'rtasidagi JCHni sinovdan o'tkazishni rejalashtirganmiz. Davomi qanday bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.” – deydi Infantino.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning avvalgi formatida 6ta konfederatsiyaning eng kuchli klublari hamda mezbon jamoa birga 7ta qatnashchi ishtirok etardi. Qayd etish joizki, ushbu turnir 2000-yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TASS