Infantino - VAR haqida: "Hakamlar o'rtasidagi aloqani yaxshilash kerak"

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2017, 14:51
FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyada o'tkazilayotgan Konfederatsiyalar Kubogida foydalanilayotgan videoyordamchi (VAR) tizmi haqida fikr bildirdi.

"JCH-2018da VARdan foydalanishga hech narsa halaqit qilmaydi. Buning uchun hech qanday to'siq yo'q. Adolat uchun kurashda bu juda muhim. Bundan tashqari, hakamlarga yordam kerak, chunki ular qiyin vazifani bajarishadi.

Biz hakamlarga bo'ladigan bosimni kamaytirishimiz lozim. Referilar o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash kerak.

Kelasi mavsum VAR ni Italiya, Germaniya va Portugaliya chempionatlarida sinab ko'ramiz" - deydi Infantino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com