Infantino: "JCH-2026da jamoalar sonini 40tagacha ko'paytirishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2016, 15:18
UEFA bosh kotibi Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonini ko'paytirmoqchi.

"2026 yildan mundialda ishtirok etuvchi jamoalar sonini 32 tadan 40 tagacha oshirish kerak. Jahon chempionati - to'rt yilda butun dunyoni o'ziga qarata oladigan musobaqa va bu sayyoramizning har bir burchagida futbolni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat.

Albatta, buni ko'pchilik bilan muhoakam qilish kerak. Ammo men har bir futbolni sevuvchi uchun ushbu taklifni aytmoqchiman. UEFAda ishlab Yevropa chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 16 tadan 24 taga etkazishda to'g'ridan-to'g'ri qatnashganman. Bu qaror sport, reklama va moliya tomondan muvaffaqiyatli ekanligi aniqlandi. JCHda ham ushbu natijaga erishamiz deb o'ylayman" - deydi Infantino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS