Infantino axloq kodeksi buzilishi bo'yicha aybsiz deb topildi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2016, 17:43
FIFAning axloq qo'mitasi dastlabki tergovdan so'ng etika kodeksini buzish bo'yicha tashkilot prezidenti Janni Infantinodan barcha ayblarni olib tashladi.

"Dastlabki tergov va rasmiy tekshirish ishlaridan so'ng axloq qo'mitasi Infantino borasida surishtiruv ishlarini yakunlashga qaror qildi. Axloq kodeksi buzilishi qayd etilmadi" - deyiladi FIFA matbuot-xizmati xabarida.

Oldinroq Infantino tashkilot mablag'larini o'z maqsadlari yo'lida foydalanganlikda ayblanayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com