

Xususan, Inesta ruhiy tushkunlik bilan qanday kurashgani haqida gapirib berdi.
"Tushkunlikka tushganimda, qila olgan eng yaxshi xislatim dorilarni ichish va uxlash edi. Men yashash istagini yo'qotgandim. Xotinimni quchoqlardim, lekin hech narsani his qilmasdim. Oradan o'n yil o'tdi, lekin yana bu holatga tushib qolmaslik uchun men hali ham mutaxassislarning yordamiga muhtojman. Men depressiya va ruhiy kasallik har qanday odamda sodir bo'lishi mumkinligini angladim", – dedi futbolchi.
Ma'lumot uchun, "Barselona" sobiq futbolchisi 2009 yilda, do'sti, "Espanol" sobiq o'yinchisi Daniel Xarke vafot etganida depressiya holatiga tushib qolgan.



