Inesta Ronaldu, Beyl va Grizmann o'rniga boshqalarni tanlagan bo'lardi
Aslanov Jasurbek
5 avg 2016, 17:12
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta mavsumning eng yaxshi futbolchisiga da'vogar uchlik haqida fikr bildirdi.
"Har bir insonning o'z tasavvuri bor va ularning har biri o'zi to'g'ri deb hisoblagandek ovoz beradi. Uchlikka kirganlarni tabriklayman. Men boshqalarni tanlagan bo'lardim, ammo har bir kishining o'z fikri bor" - deydi Inesta.