Inesta Gvardiola davridagi "Barselona"ni yodga oldi
Iskandarov Abdulaziz
30 okt 2022, 23:33
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta Pep Gvardiola qo'l ostida o'tkazgan damlari va o'sha paytdagi jamoa haqida gapirdi.
"Pep davridagi "Barselona"ning buyukligi nafaqat qo'lga kiritgan sovrinlarida, balki uni uddasidan chiqqanida ham. Bu shunchaki g'alaba yoki mag'lubiyatdan afzalroq. Men hech qachon uning paytidagidek futboldan zavqlanmaganman",- deydi Inesta.