Inesta: "Barselona" muxlislari biz uchun xushtakbozlik uyushtirmasligiga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2015, 12:12
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta terma jamoadagi do'sti "Real" darvozaboni Iker Kasilyasga muxlislar tomonidan xushtakbozlik uyushtirganidan xafa.

"Qirollik klubi" ishqibozlari Kasilyasning o'yinidan ko'ngli to'lmay, xushtakbozlik uyushtirgan.

"Umid qilamanki "Kamp Nou"da muxlislar bizga xushtak chalishmaydi. Kasilyas og'ir damlarni boshidan o'tkazyapti" - deydi Inesta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com