Incheon-2014. Iroq O'zbekiston yoki Saudiya Arabistonini kutmoqda

Narzulla Saydullayev
26 sen 2014, 14:31
Incheondagi Osiyo o'yinlarining 1/8 finalidan o'rin olgan yana ikki o'yin yakunlandi.
Iroq va Tojikiston o'rtasidagi o'yinda arablar 4:2 hisobida g'alaba qozonib chorak finalga chiqishdi. Aynan Iroq O'zbekiston - Saudiya Arabistoni juftligi g'olibi bilan yakshanba kuni kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi bugun Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi. Bahs soat 16:00da boshlanadi.

26 sentyabr (13:00)

Iroq - Tojikiston 4:2
Gollar
: Humam Tariq 7, Salam Shokir 47, Ali Adnan Hadim 62, Mustafo Nadim 84 - Dilshod Vosiev 37, Fathullo Fathulloev 87.

Vetnam - BAA 1:3
Gollar
: Nguen Xuy Xung 87 - Said Al Xatiri 21, Sauf Al Meqbali 61, Said Al Ahbabi 90+3.

16:00
KXDR - Indoneziya
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia