Immobile nima sababdan Saudiya Arabistoniga borishni istamaganini aytdi

Mirjalol Normatov
10 sen 2023
"Lacio" hujumchisi Chiro Immobile Saudiya Arabistoni klubiga rad javobini bergan.

"Taklif olganman, biroq rad javobini berganman. Italiya termasida o'ynash niyatim bor. Jamoaga foyda berish uchun kuchim etarlicha. Undan tashqari, Yevropa chempionatiga yaqin turibmiz. Hozir yuqori darajada o'ynashim kerak", - dedi futbolchi "Radio Rai" nashriga.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Saudiya Arabistonining bir klubi ("Al Vaxda" yoki "Al Shabab") "Lacio"ga Chiro Immobile bo'yicha 35 million evrolik rasmiy taklif yuborgan. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Radio Rai