Immobile ketma-ket uchinchi mavsum A Seriyada 20+ gol urmoqda

Mirjalol Normatov
6 mar 2022, 12:28
"Lacio" hujumchisi Chiro Immobile A Seriyaning 28-turida "Kalyari" darvozasini ishg'ol qildi.

Bu uning uchun mavsumdagi 20-gol bo'ldi. Shu orqali italiyalik forvard ketma-ket uchinchi mavsum davomida chempionatda 20+ gol urmoqda.

O'tgan mavsumda u 20ta gol urgandi, 2019/2020 yilgi mavsumda esa 36 gol kiritgan forvard, 2018/2019 yilgi mavsumda 15, 2017/2018 yillarda 29 va 2016/2017 mavsumda 23 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal