Ilya Kutepov: Salahni qanday to'xtatish mumkin? Xuddi Ramosdek

6 iyun 2018, 22:45
“Spartak” hamda Rossiya terma jamoasi himoyachisi Ilya Kutepov Misr termasi hujumchisi Muhammad Salahni to'xtatib qolish haqida gapirdi.

“Salahni qanday to'xtatish mumkin? Masalan, Serxio Ramos kabi. U Salahni to'xtatishning yo'llaridan birini ko'rsatib berdi. U jarohat olganida qattiq xafa bo'ldim deya olmayman. Ammo unga tezroq tuzalishni tilayman. Salah JCHda o'ynasa xursand bo'laman. Bunday o'yinchilarga qarshi o'yinda o'sishga erishasan”,- deydi himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport24