Ilichich “Atalanta” ixtiyoriga qachon qaytishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
6 sen 2020, 19:50
Yosip Ilichich keyingi hafta bergamoliklar qarorgohiga qaytib keladi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Avgust boshida sloveniyalik forvard oilasida yuzaga kelgan muammo, aniqrog'i, rafiqasining hiyonatini o'z ko'zi bilan ko'rgani sabab tushkunlikka tushgani va futbol bilan xayrlashmoqchiligi haqda gap-so'zlar tarqalgandi.

Ilichich 2019/20 yilgi mavsum “Atalanta” safida barcha musobaqalarda 34 bahsda maydonga tushib, 21+9 natija ko'rsatgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport