

"Mening "Qizilqum"ga o'tganim haqidagi xabar rost. Klub rahbari Hamid aka Aktamov bilan doim yaxshi munosabatda bo'lib kelganman. Rostini aytsam, mavsum yakunlanmasdan olidinoq u kishi bilan barchasini kelishib qo'ygandik. Menga bir qator klublardan takliflar tushdi. Ammo "Qizilqum"ga bilan kelishib qo'ygandim. 9 yanvar kuni Navoiyga boraman va mashg'ulotlarga qo'shilaman. Shundan so'ng klub bilan rasman shartnoma tuzaman", - deydi Ilhom Yunusov "Futbol ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.



