Ilhom Suyunov erkin agentga aylandi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2014
"Lokomotiv" himoyachisi Ilhom Suyunovning klub bilan tuzgan shartnomasi o'z yakuniga etdi.
Tajribali futbolchi 2013 yil yozida "Paxtakor"dan "Lokomotiv"ga ko'chib o'tgandi. U bir yarim yil davomida oliy ligada jami 10ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.

Suyunov "Lokomotiv" safida ikki bor O'zbekiston chempionatining kumush medallariga ega chiqdi va mamlakat kubogi sohibiga aylandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia