

Mazkur o'yinda o'zbekistonlik referilardan Ilgiz Tantashev darvoza ortidagi hakam vazifasini bajarsa, Ruslan Serazitdinov zaxira hakami bo'lib ishlaydi. Quyida uchrashuvning barcha rasmiylari bilan tanishing.
Bosh hakam: Navaf Abdulla (Bahrayn);
Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Abdulla va Ibrohim Muborak Sabt (ikkisi ham Bahrayn);
Darvoza ortidagi hakamlar: Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi (Bahrayn), Ilgiz Tantashev (O'zbekiston);
Zaxira hakami: Ruslan Serazitdinov (O'zbekiston);
Hakamlar nazoratchisi: Chyong Yim Yau (Gonkong);
Uchrashuv komissari: Talal Muhammad Ali (Iordaniya).

Avvalroq O'zbekiston Birinchiligida darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o'tkazilgani, Ilgiz Tantashev aynan darvoza ortidagi referi bo'lib ishlagani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, “Shanxay SIPG” – “Guanchjou Evergrand” uchrashuvi 22 avgust kuni Shanxay shahrida bo'lib o'tadi.



