Ildar Sakaev: "Qo'qon-1912" kuchli ekanligini inkor etib bo'lmaydi”

Narzulla Saydullayev
31 mar 2019, 22:29
Superliga 2-tur doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Andijon” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Andijon” jamoasi ustozi Ildar Sakaev ishtirok etdi.

- Bugungi o'yinda qayd etilgan durang natijani qoniqarli deb bilaman. Odatdagidek, bu safagi vodiy derbisi ham shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi. Muxlislar aynan shunday o'yin kutishgandi. Biz hamisha muxlislar uchun ishlaymiz, o'ynaymiz. O'yinning sifati a'lo darajada bo'ldi. Stadionga yig'ilgan muxlislar haqiqiy “jang” guvohiga aylanishdi. Raqibimiz kuchli ekanligini inkor etib bo'lmaydi. Jamoa yaxshi shakllangan.  Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin xatolar ustida ishlashni davom etamiz. “Qo'qon-1912” jamoasiga omad tilayman. Andijondan tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Sakaev. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz