

- Agar bugun raqib darvozasi oldida yaratilgan imkoniyatlardan to'liq foydalanganimizda hisob umuman boshqacha ko'rinishda bo'lardi. Lekin baribir g'alaba qozondik. Uch hafata ichida 5ta o'yinda maydonga tushish, qolaversa, bu uchrashuvlarning yarmini safarda o'tkazish har qanday jamoaga “og'irlik” qiladi. Shuning uchun bugun yigitlarda biroz charchoq alomatlari sezildi. Vaziyatlardan foydalana olmalik ham shu bilan bog'liq deyishim mumkin.



