

"Bunyodkor" bir necha karra O'zbekiston chempioni. Lekin bu futbol. Kerakmas gollarni o'tkazmaganimizda barcha narsa sodir bo'lishi mumkin edi. Tezkor ikkita gol qo'yib yubordik. O'zimiz qiyin ahvolga tushib qoldik. Oxirigacha kurashdik.
Superligada 4-o'rinda borayotgan klubga qarshi o'yinda o'zimizni sinab ko'rdik", - deydi Ildar Sakaev.
"Birinchi navbatda g'alaba uchun harakat qildik, borimizni berdik. Tajriba va omad yetishmadi. Keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Davron Isoqov.
- "Andijon" bir tekis o'ynay olmayapti. Masalan, "Sho'rtan"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yadi, yoki "Bunyodkor" bilan tengma-teng o'ynaydi. Bunga sabab nima?
- Jamoa gol o'tkazsa shoshiladi. PRO-liga o'yinlariga futbolchilarni balki etarlicha ruhlantira olmayotgandirman. "Bunyodkor"ga qarshi ortiqcha ruhlantirish shart emas. Barqarorlik yo'qligi birinchi galda murabbiyning aybi.
- "Andijon" Superligaga chiqa oladimi?
- Vazifa PRO-ligada 1-o'rinni olish va Superligaga chiqish. Vazifa o'zgargan yo'q. To'g'ri hozir vaziyat biroz og'ir. O'ylashimcha olishimiz kerak bo'lgan 5 ochkoni boy berdik. Barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Qaytaraman vazifa o'zgarmagan va buni bajarishga harakat qilishda davom etamiz.
- "Bunyodkor"dan ijaraga olingan uch nafar futbolchi bugun o'ynamadi...
- Ijara shartnomasida raqib "Bunyodkor" bo'lsa bu futbolchilar o'ynamasligi haqida band bor edi. Shaxsan o'zim bunday bo'lmasligini xohlardim.



