

Aytish lozimki, Magdeev uchun “Dinamo” begona jamoa emas. Sababi Ildar o'tgan mavsum ham ushbu jamoada o'ynagandi. Joriy mavsumning birinchi qismida esa 30 yoshli futbolchi birinchi ligada “Oq-tepa” sharafini himoya qildi. Yaqin orada Magdeev yana samarqandliklar yig'iniga borib qo'shiladi va katta extimol bilan futbolchi ikkinchi davrani oliy ligada o'tkazadi.



