

“Loko”ning istedodli yarim himoyachisi Ikrom Aliboev klub matbuot xizmatiga o'yinoldi fikrlarini bildirib o'tdi.
- “Buxoro” bilan o'yinga a'lo darajada hozirlik olib bordik. Mashg'ulotlar reja asosida bordi. Jamoamizda kayfiyat ajoyib darajada. Oxirgi 2 ta bellashuvdagi g'alabalar bizni yanada ruhlantirdi. Biz har bir o'yinda faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Lekin bu safar bizni ancha qiziq va tomoshabop o'yin kutyapti. Zero “Buxoro” ham ancha yaxshi shakllangan jamoa. Buxoroliklar o'z uyida istalgan raqibga jiddiy qarshilik ko'rsata olishadi. “Buxoro” bejizga kuchli to'rtlikda kelayotgani yo'q, - deydi mahoratli futbolchi.
Ta'kidlab o'tamiz, “Buxoro” – “Lokomotiv” bahsi soat 17:00da boshlanadi.



