Ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan to'purar

Sherzod Nurmatov
28 noya 2022, 11:26
Sarlavhani o'qib, butun dunyo jamoatchiligi e'tiborida bo'layotgan Jahon chempionati yoki Supyerliga musobaqasi qaxramonlaridan biri haqida gap ketayotgan bo'lishi mumkin, degan xayolga keldingizmi, aziz muxlis? Yo'q, unday emas!

Meni ilhomlantirgan, qo'limga qalam olishga majbur qilgan to'purar – Pro liga 2022 yil to'purari va hozirda 35 bahorni qarshi olgan, vijdon va or-nomusli Xorazm o'g'loni Ruzimboy Axmedovdir!



Esingizdami, Pro liga musobaqalarining birinchi davrasi davom etayotganda "Buxoro" futbol klubida ichki muhitning yaxshi emasligi to'g'risida turli xil uzunquloq gaplar "bolaladi". Ayniqsa, bu holat Jizzaxda o'tgan "Zomin" – "Buxoro" o'yinida yaqqol bilinib qoldi. Yaratganga shukrki, qahramonimiz mazkur uchrashuvda to'p kiritib, "Buxoro" jamoasiga saviya va o'yin jixati bobida raqobat qila olmaydigan "Zomin"dan g'alaba bilan qaytilishiga hissa qo'shdi. Jamoa rahbariyati, murabbiylar shtabi, qolavyersa, "Buxoro"ning fan-klubiga a'zo jonkuyar muxlislarning jamoaga befarq emasligi oqibatida, Supyerligaga chiqishga munosib Ruzimboy Axmedov sardor, ahil va inoq jamoa shakllantirildi, bazi "o'zi xon, ko'lankasi maydon", "qahramon" futbolchilar bilan xayrlashildi. Klub bayrog'i ostiga yig'ilgan ahil jamoa, garchand turnir jadvalida o'z raqiblaridan ancha ortda (10 ochko) qolayotgan bo'lsalar-da, iroda ko'rsatib, Supyerligaga to'g'ridan to'g'ri yo'llanma olishga erishdi. 

Jamoaning shonli kunlari Buxoroda "Yangiyer" futbol klubiga qarshi 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshlandi. Mazkur uchrashuvga qadar uzoq yillardan buyon futbol ichida yurgan shaxslar "Buxoro"ni Supyerliga yo'llanmasini qo'lga kiritishi sarobdan boshqa narsa emas, jamoani Supyerligaga chiqishda faqat nazariy imkoniyatlari mavjudligi va faqat mo'jizagina "Buxoro" klubini Supyerliga yo'llanmasiga ega chiqishida yordam byerishi mumkin, deb baralla gapirganlarning bugun yuzi shuvut! 



Bugungi kunda o'zbek futbolida o'z mahorati va o'yini bilan muxlislar mehrini qozonayotgan yoshi katta futbolchilar, barmoq bilan sanarli. Jumladan, Jasur Hasanov, Ignatiy Nestyerov, Lutfulla To'raev, Marat Bikmaev kabi o'nga yaqin futbolchilarni sanab o'tish mumkin. Ammo men bularning orasidan Pro ligani tanlab, aynan shu turnirda ikki yilda to'purar bo'lib, o'z o'yini bilan muxlislarni xursand qilgan Ruzimboy Ahmedov haqida hikoya qilmoqchiman. To'g'risi, bu mahoratli va tajribali futbolchi haqida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lsamda, u bilan tanishib suxbatlashish baxtiga "Buxoro"ning Supyerligaga chiqqani munosabati bilan Buxoro shahrida uyushtirilgan bayram tadbirida muyassar bo'ldim. Taassurotlarim juda zo'r, ayniqsa, suhbat asnosida Ruzimboyning bosiqligi, xulq-atvori, adolatli va tarbiyali inson ekanligi diqqatimni tortdi. Ochig'i, ilgari Ro'zimboy to'g'risida raqobatga bardosh byera olmaydigan, jamoada muhit buzilishiga sababchilardan biri sifatida va murabbiy bilan kelisha olmaydigan, ammo gapga chechan yigit deb eshitgandim. Bejiz o'zbek xalq maqollarida "Eshitganinga ishonma, ko'rganingni yarmiga ishon" deb takidlanmas ekan. Men ham eshitganlarim mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmasligi, Ro'zimboy o'zbek futboli uchun nafaqat futbolchi sifatida, balki mutaxassis sifatida ham ancha hurmatga ega insonligiga amin bo'ldim. Ro'zimboy "Buxoro" tarkibida to'p tepgunga qadar mamlakatimizning dongdor jamoalari – "Paxtakor", "Navbahor", "Andijon", "Dinamo" hamda o'zi tug'ilib o'sgan viloyatning "Xorazm" futbol klublarida o'ynaganidan xabarim bor. O'ttiz yillik futbolga muxlislik davrimda bir qancha futbolchilar bilan ko'rishib, ular bilan imkon darajasida suhbat uyushtirganman. Biroq Ro'zimboyday suhbatdosh bilan o'zaro muloqot chog'ida uning o'zini tutishi meni rom etdi. Ma'lumki, futbolchilarning aksariyati 32 yoshdan oshgach jamoa tarkibida ro'yxatda tursada, zaxiraga mixlanib qolib, boshqa maqsadga yaramaydilar. Ammo bu jumlani qaxramonimizga nisbatan ishlata olmayman, chunki u to'g'risida futbolchilik davrida orttirgan jarohatlar sabab butsalarni mixga ilmoqchi bo'lganidan voqifman.



O'tgan mavsum Ro'zimboy futbolchilik faoliyatini Samarqandning "Dinamo" jamoasida "qayta boshladi" va mavsum oxirida Pro liga to'purari bo'lish asnosida "Dinamo"ni Supyerligaga chiqishiga hissa qo'shgan futbolchi sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Afsuski, qaxramonimizga 2022 yilgi mavsumda bosh murabbiy Hakim Fuzaylov qo'l ostidagi  "Dinamo" tarkibidan joy topilmadi. O'z navbatida, Ro'zimboy Ahmedov 2022 yilgi mavsum Hakim Fuzaylov qo'l ostida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan "Buxoro" jamoasida ko'rinish byerdi hamda metin irodasi sabab "Buxoro" futbol klubining Supyerligaga kuchli bo'lib qaytishida ulkan hissasini qo'shdi. Qaxramonimiz joriy mavsumdagi o'yin statistikasiga etibor qaratsak, 27 o'yin, 23 ta to'p! 

Jaloliddin vorisi, Xorazm o'g'loni Ro'zimboy Ahmedovning 35 yoshda Pro liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgani-chi?! Ro'zimboy, seni tarbiyalagan ota-onang, ustozlaringga tashakkur! 



So'z oxirida esa qayd etmoqchimanki, Ro'zimboy Ahmedov singari futbolchilarning ko'payishi yurt koriga, mamlakat shani himoyasiga xizmat qilishi, shubhasiz. Yoshlarga shaxsiy namuna bo'layotgan Ro'zimboy Ahmedovga balli! "Buxoro" futbol klubi muxlislarining suyukli futbolchisi, halol mehnatingga rozi bo'l!

Nodirbek Rustamovich Axmedov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia