Ikkinchi bosqich yakunlari. Birinchi ligani tark etgan “Sherdor” haqida

Narzulla Saydullayev
10 noya 2014, 13:48
Joriy mavsum “Sherdor” uchun omadsiz yakun topdi. Samarqand jamoasi ikkinchi bosqichni juda sust o'tkazdi.
Natijada autsayderga aylanib qoldi. Birinchi ligada qolish bosqichida Sayfullo Sharipov jamoasi Toshkentning “Lokomotiv-BFK” klubiga qarshi o'ynadi. Poytaxtda kechgan bahsda bitta gol samarqandliklarning birinchi liga bilan xayrlashishiga olib keldi.

“Sherdor” murabbiyi ko'pincha jamoasi mag'lub bo'lsa hakamlardan norozi ekanligini bildirdi. Lekin bu haqda OAVga hech nima demadi va o'zaro suhbatlar jarayonida buni gapirishdan foyda yo'qligini aytib o'tdi. Balki murabbiy haqdir!
 
Jamoaning ikkinchi bosqichdagi statistikasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, tomoshabinlar tashrifi borasida ham “Sherdor” eng pastki o'rinlarni egalladi.
 
Ikkinchi bosqichda “Sherdor”ning qaydlari quyidagicha bo'ldi.  

O'yinlar

16

Gollar

17

Uyda

13 (76,47%)

Safarda

4 (23,53%)

O'tkazib yuborilgan gollar

41

Uyda

12 (29,27%)

Safarda

29 (70,73%)

O'rtacha urilgan gollar

1,06

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

2,56

Uydagi ochkolar

16/24 (66,67 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

1/24 (4,17 %)

Eng yirik g'alaba

3:1 – “Istiqlol”, “Xotira-79”

Eng yirik mag'lubiyat

0:6 – “Oq-tepa”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

2 (12,5%)

Gol ura olmagan o'yinlar

7 (43,75%)

Irodali g'alaba

2

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

6

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

29 (1,81)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

3 (0,19) - ½

Muxlislar (jami/o'rtacha)

6358/397

 
Kim qancha gol urdi?
Ikkinchi bosqichda jamoa 16ta o'yinda 17ta gol kiritgan. Bu borada eng ko'p to'p Ubaydullo Nabiev hisobiga yozildi.  
 

Futbolchi

Gol

Pen.

Ubaydullo Nabiev

5

Amir Fayzullaev

4

Dilshod Isoqulov

4

(3)

Jasur Qurbonov

2

Shoxruh Islomov

1

A'zam Abdurafiqov

1

(1)

 
Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia