

Qitaning eng asosiy musobaqasi tashkiliy qo'mitasidan Ligamiz mutaxassislari ham joy oldi. Xususan, Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zohirjon Akramxonov musobaqa doirasidagi o'yinoldi va o'yin kungi media tadbirlarni tashkillashtirish uchun, Musobaqalar o'tkazish bo'limi bosh mutaxassisi Jahongir Rahmatullaev esa "Education City" stadionini uchrashuvlarga hozirlash uchun mas'ul bo'ladi.





