Ikki klub A Seriyadan chiqarib yuborilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018, 17:33
Seshanba kuni sud yig'ilishi bo'lib o'tadi va unda ikki klub A Seriyani tark etishi mumkin.

Bu "Kevo" va "Parma". Klublar yangi mavsumda A Seriyada ishtirok etmasligi mumkin. "Kevo"ni sohta bank hisobi ochishda, "Parma"ni kelishilgan o'yinlarda ayblashmoqda.

Prokuror jamoalar uchun avvalgi mavsumdagi hisobidan ochko olib tashlashni talab qiladi. Agar bu amalga oshsa, "Kevo" turnirni tark etadigan jamoalar safiga qo'shiladi, "Parma" esa A Seriyaga chiqish imkoniyatidan ayriladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia