Ikardining xotini: "Inter"ga "Yuventus"ga qarshi o'yinda Mauro yetishmadi"

7 okt 2019, 20:30
PSJ forvardi Mauro Ikardining agenti va xotini Vanda Nara A Seriya 7-tur markaziy uchrashuvidan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

Ikardining sobiq jamoasi "Yuventus"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Albatta, by o'yinni ko'rdik. Birinchi bo'limda "Inter" bundan ham ko'proq ishlarni amalga oshirishi kerak edi. "Inter"ga Ikardi yetishmayapti, YCHLda ham A Seriyada ham. Mauro "Yuventus" bilan 11 ta bahsda 8 ta gol urgan", - deya Naraning so'zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net