Ikardi: "Yuventus"? "Inter"ga klubda qolishim haqida aytdim"

Aslanov Jasurbek
17 may 2019
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi "Instagram"dagi sahifasida yozda "Yuventus"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga javob berdi.

"Matbuotda paydo bo'lgan yangiliklar tufayli muxlislarga murojaat qilib, klubda qolishimni aytmoqchiman. Kelajakda bu mavzuda tushunmovchiliklar bo'lmaydi deb umid qilaman.

Klubga qolishim haqida ma'lum qildim, chunki "Inter" - mening oilam. Kim haqiqatni gapirganini vaqt ko'rsatadi" - deyiladi Ikardi xabarida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/mauroicardi