Ikardi: "Xuddi hamma "Inter"ga qarshidek taassurot uyg'onmoqda"

Nadirkhuja Yuldashev
4 noya 2016
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi Yevropa ligasi uchrashuvlari doirasida "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.

"Hech narsa deya olmayman. Bu uchrashuvda rejalarimiz amalga oshmadi. Biz birinchi bo'limda yomon o'ynamadik, ammo keyin raqib gol urdi. Nega "Inter" doimo gol o'tkazib yuborishini tushunmayman. Xuddi hamma senga qarshidek taassurot uyg'onmoqda.

Shunday ham bo'ldi, gol yo'q joydan urildi va biz mag'lubiyatga uchradik. Agar nimani o'zgartirish kerakligini bilganimizda, albatta buni bajarar edik, chunki yaxshi o'ynashni istaymiz. "Inter" guruhdan chiqish uchun oxirigacha kurashadi" - deydi Ikardi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.com