Ikardi va Perishich A Seriyaning 2ta o'yiniga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2017, 22:40
Milanning “Inter” klubi futbolchilari Mauro Ikardi va Ivan Perishich Italiya sport sudi qaroriga ko'ra A Seriyaning 2ta uchrashuvida maydonga tusha olmaydi.

Bu haqda mamlakatning ko'zga ko'ringan Corriere dello Sport nashri xabar tarqatdi. Har ikki futbolchi A Seriyaning 23-turi doirasidagi “Yuventus” (0:1) bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda o'zlarini yomon tutishgan.

Shu tariqa, xorvat va argentinalik futbolchilar “Empoli” (12 fevral) hamda “Bolonya” (19 fevral) klublariga qarshi kechadigan o'yinlarda “Inter”ga yordam bera olishmaydi.


Mazkur o'yinni boshqarib borgan FIFA referisi Nikola Riccoli uchrashuv qaydnomasiga har ikki futbolchining holatlarini yozib qoldirgan.

Qaydnomada Perishichning o'yin mobaynida bir necha bor hakamlar brigadasini haqorat qilgani (uchrashuv so'nggida maydondan chetlatilgan), Ikardini esa final hushtagi yangraganidan so'ng to'pni aynan Riccoli tomonga tepib yuborgani aks etgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport