Ikardi hali beri ketmoqchi emas, u o'ziga boshqa raqam tanladi va yangi uy sotib oldi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2019, 22:18
Inter hujumchisi Mauro Ikardi MYU forvardi Romelu Lukaku jamoa o'tganidan so'ng, 9-raqamini unga topshirgandi.

Endi Ikardi yangi mavsumni 7 raqamda boshlaydi, deya xabar beradi  Sport Mediaset.

26 yoshli argentinalik forvard jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqalgandi. Unga Yevropaning bir qator grandlari qiziqish bildirgan. Biroq, futbolchining agenti va rafiqasi Vanda Nara Ikardining jamoada qolishini takrorlab kelmoqda.

Shuningdek, Mauro bugun Milandan yangi uy sotib olgani haqida ma'lum qildi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport Mediaset