Ikardi APLdan tushgan taklifni rad etdi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 12:40
"Arsenal" "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olishga harakat qilib ko'rdi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi "kanonirlar"dan tushgan taklifga o'ylab o'tirmay rad javobini bergan. U London jamoasi rahbariyatiga "Yuventus" bilan kelishib qo'yganini aytgan.

Qayd etilishicha, "Arsenal" Ikardi uchun Per-Emerik Obameyangni berib yuborishga tayyor bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Ikardining "Inter" rahbarlari bilan munosabatlari yomon bo'lgani uchun sardorlik bog'ichidan mahrum etilgandi. Yaqin vaqtlarda u jamoani tark etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia