Iguainning agenti: "Gonsalo "Yuventus"da qoladi va u yerda faoliyatini yakunlamoqchi"

14 iyun 2019, 21:20
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguainning akasi va agenti Nikolas Iguain argentinalikning kelajagi haqida gapirdi.

"Men Buenos-Ayresdaman. Gonsalo ham hotini va qizi bilan shu yerda. Hozir tatilda. Hozirgacha hech kim bilan hech nimani muhokama qilgmaganimizni aytib vaziyatga oydinlik kiritmoqchiman. Ayni vaqtda ukamni "Yuventus" bilan shartnomasi bor. U klubini hurmat qiladi va yana ikki yil "Yuve"da qoladi. 

O'ylashimcha, kelasi mavsum Gonsaloga atalishi mumkin. U kuchga to'la va faoliyatini "Yuventus"da yakunlash niyatida", – deya futbolchining akasi e'lon qildi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net